| | | | | |
FUQARO MUROJAATI
Korxona haqida

         "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi 1959 yil 20 aprel 270 sonli «O‘zbekiston SSR jamoa va davlat xo‘jaliklarida tuproq tekshiruv ishlarini o‘tkazish va tuproq-agornomik hizmat ko‘rsatishni tashkil qilish to‘g‘risida» qarori bilan tashkil qilingan. 

         1961 yildan 2008 yilgacha  «O‘zdavyerloyiha» Davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti tarkibida faoliyat ko‘rsatib keldi va "Yer kadastri" sho'ba korxonasi deb ataladi.  2008 yil    1 yanvardan Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasining 15.05.2007 yildagi 72-sonli buyrug‘iga asosan  Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti tarkibiga qabul qilindi.  "Yer kadastri" sho'ba korxonasining asosiy faoliyat turi tuproq bonitirovkasi ekanligi hamda "Yer kadastri" degan nom korxona faoliyati turlariga nisbatan keng ma’noni anglatishini inobatga olib,  uning nomini "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi deb o‘zgartirildi.      2014 yil 1 martdan «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining 2014 yil 5 fevraldagi 23-sonli buyrug‘iga asosan DILI «O‘zdavyerloyiha»  tarkibiga qabul qilindi. 

"Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasiga murakab va muxim vazifalar yuklatilgan: 

            - jamoa va davlat xo‘jaliklariga agronomik tuproq xaritalarini tuzib berish

            -yer resurslaridan unumli va samarali foydalanish maqsadida tuproq xosildorligini oshirish va yaxshilash bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish. 

         "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasining 50-yillik faoliyatida sug‘oriladigan xududlardagi xo‘jaliklarning yirik masshtabdagi (1: 10000) tuproq xaritalarini tayyorlab berdi,  shuningdek lalmikor erlar 1: 25000 va yaylov erlar uchun 1: 100000 masshtabda tuproq xaritalari tuzildi. 

         Bu xaritalarda maydonlar tuproq qoplamining mexanik tarkibi,  gumusli qavatining qalinligi va gumusning miqdori,  suvda eruvchan tuzlarning sifati va miqdori,  o‘simlik oziqa moddalari va tuproqning boshqa xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotlar beradi. 

         Bu tuproq xaritalariga ilova sifatida tushuntirish xatlari yozib berilgan,  bu kitoblarda hamma tuproq ayirmalariga tavsiflar berilib,  shunigdek zaruriy meliorativ va agrotexnik tadbirlar,  tuproqni ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish uchun qilinadigan vazifalar yoritilgan.  Xo‘jaliklar bu ma’lumotlardan foydalanib sho‘r yuvish,  sug‘orish me’yorlarini,  organik va mineral o‘g‘itlarini nisbatini va boshqa tadbirlarni belgilaydi. 

        Xo‘jalik tuproq xaritalarini umumlashtirish va kengaytirish yo‘li bilan ma’muriy tumanlarining 1: 50000 masshtabda,  viloyatlar uchun 1: 100000 masshtabda,  respublika uchun 1: 1000000 masshtabda rangli tuproq  xaritasi tuzildi va nashr qilindi. 

       O‘zbekistoning tuproq xaritasi 1971 yil Olma-Otada tuproqshunoslarning IV s’ezdida namoyish qilindi va Ittifoqning etakchi mutaxasislari tomonidan maqullandi.  Bu xaritalar Oliy va o‘rta  ta`lim o`quv yurtlarining tuproqshunoslik kafedralarida o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilmoqda. 

       Respublikaning tuproq xaritasi moslashtirilgan masshtabda O‘zbekiston Respublikasi ensklopediyasi va geografik atlasiga kiritilgan. 

       "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi o‘zining faoliyati davomida bir necha bor muhum topshiriqlarni ya’ni: 

Maxsus tuproq-erozion xaritalar tuzish,  tuproq sho‘rlanishni aniqlash,  meliorativ va rekulьtivatsiya talab qiluvchi erlarni  yo‘qlama qilish ishlarini bajaradi. 

1969 yildan boshlab "Tuproq bonitirovkasi"  sho'ba korxonasida Davlat yer kadastri yuritilishi munosabati bilan sug‘oriladigan erlarni bonitirovkalash va iqtisodiy baholashning 4-ta turi o‘tkazildi. 

       Keyingi yillar ichida Oliy majlis tomonidan yer egalari va erdan foydalanuvchilarning xuquqlari va vazifalarini anniq belgilovchi:  O‘zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi",  O‘zbekiston Respublkasi "Davlat Yer kadastri to‘g‘risida"gi nizomi kabi qator xujjatlar qabul qilindi. 

      Bu direktiv xujjatlar nizomini bajarish bo‘yicha ishni tashkil qilish va bu ishlarni bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi  Yer resurslari,  geodeziya,  kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga yuklatilgan va bu qo‘mita tarkibiga "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi ham kiradi. 

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida"gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-sonli Farmoning bajarish yuzasidan Vazirlar Maxkamsi 1998 yilning 26 dekabirida 539-sonli qarorini e’lon qildi va bu qarorning 5-chi bandida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari,  geodeziya,  kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi sug‘oriladigan erlarda tuproq xaritalariga tuzatish kiritish,  tuproq bonitirovkasini aniqlash va yerni qiymat jihatidan baholash bo‘yicha ishlarni 1999 yilda yakunlash vazifasini qo‘ygan edi. 

      "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi va bir nechta tashkilotlar bu katta xajmdagi ishlarni tez  vaqtida bajarib,  ishlab chiqarishga taqdim etdilar. 

       Respublika xukumatining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida iqtisodiy islohatlarini va bozor munosabatlarini izchillik bilan amalga oshirish uchun tutgan yo‘li - yerga egalik qilishlarning yangi shakllarini yaratmoqda,  fermer xo‘jaliklar yerdan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bular o‘z navbatida yerni sifatini ko‘rsatuvchi bonitet balliga qarab yer solig‘ini to‘lash va hosildorlikni rejalashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.  Kezi kelganda shu narsani takidlab o‘tish kerakki,  har bir fermer xo‘jaligi yerlarining tuprog‘ini  1: 5000 masshtabda tekshiruvdan o‘tkazib ularning o‘ziga tuproq xaritasi tayyorlab,  bonitet balini aniqlab berish zarur bo‘lib qoldi.  Chunki kelgusida soliq stavkasi yerning  qiymatidan olish ko‘zda tutilgan edi. 

        Shu holatlarni inobatga oladigan bo‘lsak tuproq sifatini  baholash ishlarining ahamiyati keskin oshayotganini ko‘ramiz.  Tuproqning sifati va uning unumdorlik darajasi unga berilayotgan bonitet balliga aniq mos kelishiga erishish zarur. 

       Shuning uchun "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi tuproqshunoslari oldida juda ma’suliyatli topshiriqlar turibdi,  chunki qishloq xo‘jalik tashkilotlarining taqdiri va farovonligi ko‘p jihatdan shunga bog‘liqdir. 

       "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi hodimlari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni hisobga olgan holda tuproqning unumdorlik darajasini va erning ishlab chiqarish qobiliyatini baholash uslublarini takomilashtirish ustida doimo ilmiy izlanishlar olib boryapti. 

       "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi  keyingi yillarda qishloq xo‘jaligiga yaroqli erlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 23 dekabridagi 496- sonli qaroriga asosan tuproq monitoringi dasturini amalga oshirilmoqda.  2007-2008 yillarda Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida tayyorgarlik va dala ishlari amalga oshirildi.  Natijada shu viloyatlarda tuproq-iqlimiy,  geomorfologik sharoitlar e’tiborga olgan holda tuproq dominantlari,  ularning umumiy maydonlari va salmog‘i ko‘rsatilib,  dala sharoitida morfo-genetik xususiyatlari o‘rganilmoqda. 

           Oxirgi 2006-2009 yillarda "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi gazeta va jurnallarida hamda yaqin xorij davlatlar tomonidan o‘tkazilgan anjumanlarida 10 dan ortiq maqolalar chop etilgan. 

        1998-2002 yil davomida bir nichta meyoriy xujjatlar va uslubiy qo‘llanmalar yaratildi,  jumladan:  "Tuproq bonitirovkasi"  sho'ba korxonasi  yetakchi mutaxasislari ishtrokida "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning qiymat bahosini aniqlash bo‘yicha muvaqqat uslubiyat",  "Tuproq xaritalari va eyrlarnin baholash xujjatlaridan foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma",  «O‘zbekiston Respublikasining sug‘oriladigan erlarida tuproqning sho‘rlanganligini tekshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma»,  «O‘zbekiston Respublikasida yer monitoring o‘tkazish uslubi» va xokozalar yaratildi. 

        "Tuproq bonitirovkasi"  sho'ba korxonasi oldida keyingi yillar davomida qilinadigan vazifalardan biri sabzavot,  bog‘dorchilik va uzumchik xo‘jaliklarni tuproqlarini bonitirovka qilish uslubini yaratish ishlari turibdi. 

        "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi Respublikada ilmiy,  ishlab chiqaruv va loyihalash tashkilotlarini xo‘jjatlar bilan ta’minlovchi etakchi korxona bo‘lib hisoblanadi. 

         Ko‘p olimlar tuproqlarni tekshirish maktabini bizning "Tuproq bonitirovkasi"  sho'ba korxonasida o‘tkazdilar.  Bularning orasida 2-ta fan doktori va 27-ta fan nomzodlari bo‘lib,   26 nafar xodimlarimiz chet davlatlarda  Jazoir,  Suriya,  Kuba,  Liviya,  Afg‘oniston,  Mozambek va boshqa davlatlarda ishlab keldilar. 

         "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasining 5-ta xodimi rivojlanayotgan davlatlar xukumatining yangi yerlarni o‘zlashtirishda ko‘rsatgan amaliy yordamlari va faol qatnashganligi uchun mukofat va yorliqlarini oldilar. 

         Hozirgi vaqtda "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi Respublika xukumati tomonidan qo‘yilgan Davlat Yer kadastrni yuritishda tuproq sifatini baholash ishlarini olib borishdek murakkab vazifani bajarish uchun yuqori malakali mutaxassislarga ega. 

         "Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi tizimida tuproq ekspeditsiyasi,  kimyoviy taxlil labarotoriyasi,  tuproq sifatini baholash  kartografiya bo‘limlari hamda maydon hisoblash va kameral ishlar sektorlari mavjud. 

 

"Tuproq bonitirovkasi" sho'ba korxonasi faoliyatining bosqichlari: 

 

20-04-1959 y.  "O‘zbekiston Respublikasi kolxoz va sovxozlarida tuproqlar   agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproq tekshiruv ishlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida" O‘zbekiston SSR   Ministrlar Sovetining  qarori. 

1959 yillar.   Respo‘blika xo‘jaliklarda nisbatli tuproq tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun tashkiliy va tayyorgarlik ishlari. 

1960 – 1978 yillar.  Kolxoz va sovxozlarda (Shirkat xo‘jaligi va davlatxo‘jaliklarida) tuproq tekshiruv ishlarini o‘tkazish,     tuproq kartalarini tuzish.  Agronomik,  agrotexnikaviy,   meliorativ va boshqa chora tadbirlar qo‘llash haqida  xisobotlar berish. 

1966 – 1970 yillar.  Tuman va vildoyatlar tuproq xaritalarini tuzish,    hisobotini yozish,  va ularni erlarni iqtisodiy baholashda   qo‘llash. 

1972 – 1980 yillar.  Lalmikor-yaylov yerlar tuproqlarini tekshirish ishlari

1974 – 1980 yillar Terrasalangan tog‘ yon bag‘irlardagi tuproqlarni tekshirish  ishlari va buzilgan erlarni rekultivatsiya qilish. 

1979 – 1998 yillar.  Tuproq kartalarini korriktirovkalash va hisobotini    tuzish. 

1978 -1981 yillar.  Toshkent viloyati sug‘oriladigan erlarida agrokimyoviy  tekshirish ishlari.  Farg‘ona viloyati davlat (ekinlar navini  tanlash) maydoni erlarini va qisman Xorazm viloyati davlat  ekinlar navini tanlash maydoni erlarida agrokimyoviy tekshirish ishlari. 

1979 – 1991 yillari.   Erlarni iqtisodiy baholash (4 turda)

1988 – 1999 yillar.  Iqtisodiy baholash xujjatlari asosida korrektirovkalash. 

1984 – 1990 yillar.  Sho‘rlangan yerlani aniqlash. 

1987 -1985 yillar.  Donli ekinlar ekishga yaroqliligini tekshirish uchun meliorativ tayyorgarlik holatidagi yerlarni qayta ro‘yxatga olish. 

1982 – 1987 yillar.  Davlat yer kadastri kitobini to‘ldirish. 

1999 – 2004 yillar.  Tuproqlarni bonitirovka qilish. 

2001 yildan.   Qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan yerlarning monitoringi. 

2005 yildan.   Fermer xo‘jaliklari bo‘yicha tuproq tekshiruv ishlari va   tuproq kartalarini tuzish hamda bonitet ballini xisoblash. 

2004 yildan    Bundan tashqari Respublika xududlaridagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining tuproqlarini sho‘rlanish darajalarini aniqlash va xaritaga tushirish





Ishonch telefoni

+(99871) 278-50-99

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha


Murojaatlar uchun

+(99871) 273-06-76

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha

Qabul kunlari
Dushanba
10:00 12:00
Rahbar

Jabborov Odil Abdimalikovich

Chorshanba
13:00 15:00
Bosh muxandis

Musayev Javoxir Botirbekovich


Davlat ramzlari
OB-HAVO MA`LUMOTLARI
Taqvim
Foydali havolalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.press-service.uz

"Yergеodеzkаdаstr" dаvlаt qo'mitаsi
www.ygk.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
www.parlament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
www.my.gov.uz



Savol yuborish
Ijtimoiy so'rovnoma

SAYT HAQIDA FIKRINGIZ