| | | | | |
FUQARO MUROJAATI
Yangiliklar

2017-yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi


Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. 

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ma’ruza qildi. 

Mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan barcha yutuq va marralar, iqtisodiyotimizning ulkan sur’atlar bilan o‘sishi Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudratini, unda mujassam bo‘lgan qoida va normalarning naqadar chuqur o‘ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan islohotlar xalqimiz turmushining yanada yuksalishi, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlash, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida obro‘-e’tiborini yuksaltirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda yuksak samaralar bermoqda. 

6 (4).JPG

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili, deb e’lon qilingan edi. Bu borada ishlab chiqilgan Davlat dasturi asosida ona va bola salomatligini mustahkamlash, jismonan sog‘lom, yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 

Ushbu dasturda belgilangan tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olib, sog‘lom avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda davlat va nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy tuzilmalar, ishlab chiqarish korxonalari, biznes vakillari faol qatnashgani bu g‘oyaning umumxalq harakatiga aylanganining yaqqol namoyoni bo‘ldi. 

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan har yangi yilga muayyan nom berish yaxshi an’anaga aylangani, bu borada alohida davlat dasturi ishlab chiqilib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini qayd etdi. Mustaqilligimiz asoschisi boshlab bergan bu an’anaga binoan kirib kelayotgan yangi – 2017-yilni mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Bu taklif yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi. 
 
Tantanali marosimda "Vatan manzumasi" nomli adabiy-musiqiy dastur namoyish etildi.




Ishonch telefoni

+(99871) 278-50-99

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha


Murojaatlar uchun

+(99871) 273-06-76

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha

Qabul kunlari
Dushanba
10:00 12:00
Rahbar

Jabborov Odil Abdimalikovich

Chorshanba
13:00 15:00
Bosh muxandis

Musayev Javoxir Botirbekovich


Davlat ramzlari
OB-HAVO MA`LUMOTLARI
Taqvim
Foydali havolalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.press-service.uz

"Yergеodеzkаdаstr" dаvlаt qo'mitаsi
www.ygk.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
www.parlament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
www.my.gov.uz



Savol yuborish
Ijtimoiy so'rovnoma

SAYT HAQIDA FIKRINGIZ