| | | | | |
FUQARO MUROJAATI
Yangiliklar

Muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik qizg‘in


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasida 980 saylov uchastkasi tuzilib, saylovchilarning ovoz berishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda. 

Barcha uchastkalarda ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etilgan. Ovoz berish kabinalari, qutilar, ko‘chma qutilar tayyorlab qo‘yilgan. Uchastkalarda saylovchilarning istagan paytda murojaat etishi uchun navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan. 

Uchastkalar telefon hamda internet tarmog‘iga ulangan, saylovga oid qonun, yo‘riqnoma, qo‘llanma, zarur adabiyotlar, nomzodlarni tanishtiruvchi plakatlar bilan to‘liq ta’minlangan. 

Farg‘ona viloyati hududida 2 million 417 ming 891 kishi ovoz berishi kutilmoqda. Ularning 74 ming 992 nafari saylovda ilk bor ishtirok etadigan yoshlardir. 

– Saylovga tayyorgarlik milliy qonunchiligimiz talablari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturi asosida olib borilmoqda, – deydi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi raisi N.Sobirov. – Saylov komissiyasi joylashgan bino foyyesida tashkil etilgan ko‘rgazmali vositalar orqali ovoz beruvchilar saylovga doir huquqiy asoslar, tartib-qoidalar, saylov komissiyasi faoliyatiga oid tegishli ma’lumotlardan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratilgan. 

Joylarda saylov uchastkalarining moddiy-texnik ta’minoti hamda saylovchilar uchun yanada qulayliklar yaratish bilan bog‘liq qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish, saylov bilan bog‘liq jarayonlar xususida jamoatchilikni xabardor qilib borish, aholi, ayniqsa, saylovda ilk bor qatnashadigan yoshlarning bu boradagi bilim va tushunchalarini kengaytirish, targ‘ibot-tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratilayotir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini yanada oshirish va uchastka saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. 

Mahallalarda «Men shaxsan o‘zim ovoz beraman», «Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz», «Mening ovozim – Vatan kelajagiga daxldor», «Biz tanlash huquqiga egamiz», «Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz?» singari mavzularda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. 

Partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha nomzodlar va ularning ishonchli vakillari bilan saylovchilarning uchrashuvlari qonun talablari doirasida yuksak saviyada o‘tmoqda. 

Saylovni demokratik tamoyillar, milliy qonunchiligimiz talablari asosida adolatli va oshkora o‘tkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik qilinayotir. Tahririyatlarning tavsiyalari asosida saylov jarayonini yoritishga jalb qilingan jurnalistlar akkreditatsiya qilindi. Saylov jarayonida amalga oshirilayotgan ishlardan jurnalistlarni xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani va brifinglar muntazam o‘tkazilmoqda. Okrug va uchastka saylov komissiyalarida mahalliy va xorijiy kuzatuvchilarning saylovga tayyorgarlik va ovoz berish jarayoni bilan tanishishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

uza.uz





Ishonch telefoni

+(99871) 278-50-99

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha


Murojaatlar uchun

+(99871) 273-06-76

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha

Qabul kunlari
Dushanba
10:00 12:00
Rahbar

Jabborov Odil Abdimalikovich

Chorshanba
13:00 15:00
Bosh muxandis

Musayev Javoxir Botirbekovich


Davlat ramzlari
OB-HAVO MA`LUMOTLARI
Taqvim
Foydali havolalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.press-service.uz

"Yergеodеzkаdаstr" dаvlаt qo'mitаsi
www.ygk.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
www.parlament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
www.my.gov.uz



Savol yuborish
Ijtimoiy so'rovnoma

SAYT HAQIDA FIKRINGIZ