| | | | | |
FUQARO MUROJAATI
Yangiliklar

Yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari A.Fayzullayev va boshqalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hayotga tatbiq etish va rivojlantirish aholi farovonligini yuksaltirish, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini yanada mustahkamlash, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni soddalashtirishning muhim omili ekanini ta’kidladi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

“ICTExpo – 2016” ko‘rgazmasi Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida ham bo‘lib o‘tmoqda. Videoko‘prik tarzida tashkil etilgan ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga har ikki ko‘rgazma eksponatlari bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. 

Ko‘rgazmalarda mamlakatimiz va xorijdagi 150 dan ortiq kompaniya, vazirlik va idoralar, bank va muassasalarning yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlari namoyish etilmoqda. Bu yerda mobil aloqa, internet, raqamli televideniye, softver industriya, dasturiy ta’minot bo‘yicha eng yangi ishlanma va takliflar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Ko‘rgazmada “Elektron hukumat” tizimida amalga oshirilgan loyihalarning eng yaxshi namunalari, mamlakatimiz dasturiy mahsulot bozoridagi mahsulotlar namoyishiga alohida e’tibor qaratilgan. 

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ekspertlarining fikricha, Davlat soliq qo‘mitasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari orasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali hayotga tatbiq etish va rivojlantirish bo‘yicha yetakchilardan biridir. 

– Soliq boshqaruvini avtomatlashtirish jarayoni qog‘ozlar yordamida amalga oshirilgan hujjatlar aylanishidan butunlay voz kechish imkonini berdi, – deydi Davlat soliq qo‘mitasining bosh davlat soliq inspektori Akmal Haydarov. – O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga ko‘ra, “my.soliq.uz” elektron soliq xizmatlari portali yaratildi. Portalda taqdim etilgan davlat elektron xizmatlari interfaol va axborotlar xizmatlariga ajratilgan. Har bir xizmat sahifasida soliq organlari xodimlari, xizmatlarini taqdim etayotgan mas’ul shaxslarning bog‘lanish uchun ma’lumotlari ko‘rsatilgan bo‘lib, bu foydalanuvchilarga qator qulayliklar yaratmoqda. 

Davlat, bank va xususiy sektor uchun softver mahsulotlari mamlakatimiz dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarining stendlarida keng namoyish etilmoqda. Masalan, “Intelligent Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati elektron hujjat aylanishi bo‘yicha “IS-Docflow”, elektron to‘lovlar va billing bo‘yicha “IS-Billing” mahsulotlari, bank xizmatlarini masofadan turib amalga oshirish imkonini beradigan tizimlarni namoyish etayotir. 

– Faoliyatimiz axborot-texnologiyalari sohasida import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, – deydi “Intelligent Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati tahlilchisi Yelena Jilina. – Mamlakatimizning bir qancha tijorat banklari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Samarqand avtomobil zavodi va boshqa ko‘plab tashkilotlar dasturiy mahsulotlarimizdan keng foydalanmoqda. 

“Fido-Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar bozorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. 

– Mamlakatimizda faoliyatni avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, shu bois biz dasturiy mahsulotlarimizni doimiy ravishda takomillashtirmoqdamiz, – deydi “Fido-Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati departament direktori Sardor Qodirxo‘jayev. – Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 20-sentabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori keng imkoniyat yaratmoqda. 

 

20 (1).JPG

   
Yosh dasturchilar o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishi, sarmoyadorlar va hamkorlar topishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti stendida namoyish etilayotgan shaxsiy komputer va smartfonlar uchun foydali ilova va dasturlar, intellektual o‘yinlar, jarayonlarni avtomatlashtiradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yechimlari ham buni yaqqol tasdiqlaydi. 

– Jamoamiz zamonaviy web-texnologiyalardan foydalangan holda “BeCreative” yoshlar telekanali loyihasini yaratdi, – deydi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 3-bosqich talabasi Ulug‘bek Ismatov. – Tajriba sifatida sinalayotgan telekanalning barcha xodimlari universitetimiz talabalaridir. Ingliz tilini o‘rganishga ko‘maklashadigan teleko‘rsatuvlar yaratishga alohida e’tibor qaratayapmiz. 

Xalqaro kompaniyalar ham ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda. Masalan, Janubiy Koreyaning “LG CNS” kompaniyasi “Elektron hukumat” sohasidagi yechimlarni, Xitoyning “ZTE” va “Huawei Technologies” kompaniyalari smartfonlar va telekommunikatsiya uskunalarining zamonaviy turlarini taqdim etgan. 

– Biz O‘zbekistonning qator telekommunikatsiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz, – deydi “ZTE Investment” xorijiy korxonasi direktori Bi Pensung. – “ICTExpo – 2016” ko‘rgazmasi mazkur hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va yangi sheriklar topish uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan smart-sinflar va laboratoriyalar tashkil etish hamkorligimizning yangi yo‘nalishlaridan. Mamlakatingizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor hamkorligimizni yanada mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. 

“ICTExpo – 2016” ko‘rgazmasi mamlakatimiz axborot bozorini yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish hamda yangi mustahkam ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. 
 

 

Muhammad Qarshiboyev, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA 




Ishonch telefoni

+(99871) 278-50-99

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha


Murojaatlar uchun

+(99871) 273-06-76

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha

Qabul kunlari
Dushanba
10:00 12:00
Rahbar

Jabborov Odil Abdimalikovich

Chorshanba
13:00 15:00
Bosh muxandis

Musayev Javoxir Botirbekovich


Davlat ramzlari
OB-HAVO MA`LUMOTLARI
Taqvim
Foydali havolalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.press-service.uz

"Yergеodеzkаdаstr" dаvlаt qo'mitаsi
www.ygk.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
www.parlament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
www.my.gov.uz



Savol yuborish
Ijtimoiy so'rovnoma

SAYT HAQIDA FIKRINGIZ