| | | | | |
FUQARO MUROJAATI
Yangiliklar

OQSAROYDA QABUL


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-may kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

240520161.jpg

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqboli, xalqaro siyosatga doir dolzarb masalalar muhokama etildi.

Davlatimiz rahbari Rossiya tashqi ishlar vazirini qutlar ekan, joriy yilning aprel oyida Moskvada o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston – Rossiya muzokaralari yakunlariga yuksak baho berdi va bu barcha yo‘nalishlarda o‘zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bugungi kunda oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi kelishuvlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Bu jahon iqtisodiyotida murakkab o‘zgarishlar ro‘y berayotganiga qaramasdan o‘zaro savdo hajmini nafaqat saqlab qolish, balki ko‘paytirish imkonini beradi.

Tomonlar 2015-2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga oid bitim doirasida raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

240520162.jpg

Rossiya tashqi ishlar vaziri samimiy qabul va o‘zaro munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyati uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. S.Lavrov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi xususida o‘z fikrini bildirar ekan, O‘zbekistonning ShHTga samarali raisligi Toshkent sammitining muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlashiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashildi.

 
Ma`lumot: Prezident matbuot hizmatidan olindi.




Ishonch telefoni

+(99871) 278-50-99

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha


Murojaatlar uchun

+(99871) 273-06-76

Dushanba-Juma

8:30 dan 17:30 gacha

Qabul kunlari
Dushanba
10:00 12:00
Rahbar

Jabborov Odil Abdimalikovich

Chorshanba
13:00 15:00
Bosh muxandis

Musayev Javoxir Botirbekovich


Davlat ramzlari
OB-HAVO MA`LUMOTLARI
Taqvim
Foydali havolalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.press-service.uz

"Yergеodеzkаdаstr" dаvlаt qo'mitаsi
www.ygk.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
www.parlament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
www.my.gov.uz



Savol yuborish
Ijtimoiy so'rovnoma

SAYT HAQIDA FIKRINGIZ